Iqlim texnologiyalari bilan bogʻliq kasblardan birida yangi imkoniyatlar qiziqmi?
Warnung:Muhim eslatma:
Hozirda FIT loyihasiga yangi ishtirokchilar qabul qilinmayapti.
Biz qidirayotganlar:
- Elektronika boʻyicha texnik – Energetika va qurilish texnikasi
- Avtomexatronikachi – yengil avtomobil texnikasi
- Santexnika, isitish va konditsionerlar
- G‘isht teruvchilar
- Betonchi va temir-betonchilar
- Yo‘l quruvchilari
- Metall inshootlari quruvchilari
O‘zbekistonlik nomzodlar uchun talablar
Quyidagi talablarga javob bersangiz, ariza bering:
- 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlsangiz.
- Oʻzbekistonda tan olingan kamida ikki yillik kasbiy taʼlim darajangiz bor.
- Mutaxassisligingizda bir necha yillik ish tajribasiga egasiz.
- Germaniyada uzoq muddatli professional karyera qurishga va loyiha doirasida moliyalashtiriladigan nemis tili boʻyicha bir necha oylik kursdan oʻtishga tayyor boʻlsangiz.
Loyiha sizga Germaniyaga kelishning ikkita imkoniyatini taklif qiladi. Birida mavjud qoidalar amal qiladi, ikkinchisi uchun Malakali mutaxassislar immigratsiya toʻgʻrisidagi qonunning yangi qoidasi asos boʻladi.
1-yoʻl: Kasbiy malakangizning tan olinishi
Germaniyaga xorijiy kasbiy malakangizni tan olish uchun maxsus viza bilan kelasiz, darhol korxonada ishlashni boshlaysiz va parallel ravishda moslashuv malakasi (APQ) deb ataladigan kursdan o‘tasiz. Moslashuv malakasi doirasida oʻz yurtingizda oʻrgangan kasbingiz va Germaniyadagi shu kasb oʻrtasidagi farqlarni oʻrganasiz hamda yangi bilimlar olasiz. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, kasbingiz to‘liq tan olinadi va Germaniyada mutaxassis sifatida ishlashingiz mumkin.
Buning uchun xorijiy diplomingiz Germaniyadagi tegishli kasb bilan mazmunan aloqador bo‘lishi kerak.
2-yoʻl: Kasbiy tajribaga ega malakali ishchi sifatida bevosita kelish
Kasbiy tajribangiz katta boʻlsa, kasbiy malakangiz Germaniyadagi vazifangizga aynan mos kelmasa ham, mamlakatga malakali ishchi sifatida kelishingiz mumkin. Buning uchun O‘zbekistonda rasman tan olingan kamida ikki yillik o‘quv dasturini tamomlaganlik diplomingiz bo‘lishi kerak. Biroq, bunday taʼlimning mazmuni Germaniyadagi tegishli kasbga aynan aloqador boʻlishi shart emas.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda amaliy sinovdan oʻtishingiz kerak. Bu sinov ariza berish jarayonining bir qismidir va loyiha doirasida tashkil etiladi.
